23:38 / 08.10.2019
0
3918
Turkiya parlamenti Suriya va Iroqda qo‘shinlardan foydalanish uchun berilgan ruxsat muddatini uzaytirdi

Turkiya parlamenti seshanba kungi yig‘ilishda ovoz berish natijalariga ko‘ra Iroq va Suriyada turk qurolli kuchlaridan foydalanish uchun berilgan ruxsat muddatini yana bir yilga uzaytirdi.

Parlament qaroriga ko‘ra, Turkiya qurolli kuchlaridan Iroq va Suriyada foydalanish vakolati muddati 2020 yil 30 oktyabrgacha uzaytirildi.

Turkiya parlamenti 2014 yil oktyabrda milliy qurolli kuchlardan xorijda foydalanishga va mamlakatda xorijiy qo‘shinlarning bo‘lishiga ruxsat bergandi. 

Mazkur vakolat bir yil davomida amal qildi, so‘ng parlamentning qarorlari bilan 2015-2018 yillarda uzaytirib kelindi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top