18:20 / 11.10.2019
0
6219
Mudofaa vazirligi matbuot xizmatiga yangi rahbar tayinlandi
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Podpolkovnik Bahrom Biloliddinovich Zulfiqorov mudofaa vazirining matbuot kotibi – axborot siyosati bo‘yicha maslahatchisi etib tayinlandi.

Bahrom Zulfiqorov 1980 yilda Andijon viloyatining Bo‘z tumanida tug‘ilgan. 2001 yilda Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtini imtiyozli diplom bilan, 2008 yilda esa O‘zbekiston Qurolli Kuchlari akademiyasini tamomlagan.

Bunga qadar Mudofaa vazirligi Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasida bo‘lim boshlig‘i lavozimida xizmat qilgan.

Mudofaa vazirining matbuot kotibi bir vaqtning o‘zida Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i sanaladi.

Bundan oldin, Olim Toshboyev Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti boshlig‘i vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani xabar qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top