Ijtimoiy tarmoqlarda Özbekiston harbiy xizmatçilarining harbiy texnikalarda Rossiyaga yordamga boriş uçun poligon hududida şay bölib turgani, ammo vaziyat özgargani uçun borişdan qoldirilgani haqidagi xabar – feyk. Bu haqda Özbekiston Mudofaa vazirligi ma’lum qildi.

“Mazkur xabar haqiqatga töğri kelmaydi. Tasvirlangan videoda şu yilning mart oyida Çirçiq şahrida bölib ötgan Vatanparvarlik festivaliga jalb etilgan texnikalar aks etgan”, – deya ma’lum qildi vazirlik matbuot xizmati.

Harbiylarning bayonotida elektron naşrlar va blogerlardan ma’lumotlarni notöğri talqin qilmaslik söralgan, yolğon xabar tarqatganlik uçun javobgarlik borligi eslatilgan.

Eslatib ötamiz, 24 iyun kuni Rossiyada "Vagner" xususiy harbiy kompaniyasi rahbari Yevgeniy Prigojin qurolli isyon kötargan edi.