11:14 / 12.10.2019
0
9491
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining o‘rinbosari tayinlandi
Foto: Oleg Prasolov

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi tayinlandi.

Hukumat qaroriga ko‘ra, To‘lqin Nabiyevich Nabiyev O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktorining o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

O‘zbekiston Respublikasining bosh vaziri Abdulla Aripov 2019 yilning 11 oktabr kuni bu haqdagi tegishli qarorni imzoladi.

Ma'lumot uchun: To‘lqin Nabiyev bundan oldin Davlat Raqobat qo‘mitasi boshqarma boshlig‘i, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelgan.

Avvalroq, Sunatulla Bekenov prezident qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi direktori etib tayinlangandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top