11:06 / 16.10.2019
0
34318
Dehlidan Moskvaga parvoz qilgan «Aeroflot» samolyoti Toshkentga qo‘nishga majbur bo‘ldi
Foto: RIA Novosti / Sergey Mamontov

Moskvaga parvoz qilayotgan «Aeroflot A-330» samolyoti chorshanba kuni ertalab Toshkent aeroportiga qo‘nishga majbur bo‘ldi. RIA Novosti’ning O‘zbekiston poytaxti aeroporti vakiliga asosan yozishicha, bunga yo‘lovchining o‘zini yomon his qilgani sabab bo‘lgan.

«Aeroflot» shirkatining Dehli-Moskva yo‘nalishidagi reysi yo‘lovchilardan biri o‘zini yomon his qilgani tufayli Toshkentga soat 7:19da majburan qo‘ndi», - dedi aeroport vakili.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bortni tibbiy brigada kutib olgan, yo‘lovchini kasalxonaga yotqizish masalasi hal qilingan.

«Samolyot Moskvaga parvozni davom ettiradi», - deya aytib o‘tgan agentlik suhbatdoshi.

Bundan oldin, «O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyoti Samarada favqulodda qo‘nishni amalga oshirgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top