O‘zbekiston | 08:24 / 16.10.2019
31444
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekiston havo yo‘llari» samolyoti Samarada favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi

Illyustrativ foto

15 oktyabrda “O‘zbekiston havo yo‘llari”ning Farg‘onadan Moskvaga (“Vnukovo” aeroporti) UZB627 reysi bilan parvoz qilayotgan samolyoti Samaraning “Kurumoch” aeroportida favqulodda qo‘nishni amalga oshirdi. Bu haqda aeroport matbuot xizmatida “Interfaks” axborot agentligi xabar qilingan.

Ma'lum qilinishicha, samolyot aeroportga mahalliy vaqt bilan soat 19:55da (Toshkent vaqti bilan soat 20:55) qo‘ngan. 

“Favqulodda qo‘nishga yo‘lovchilardan birining o‘zini yomon his qilgani sabab bo‘lgan”, deyilgan xabarda.

Ta'kidlanishicha, aeroportda samolyotni tez yordam mashinasi kutib turgan. Shifokorlar voqea joyida yo‘lovchiga zarur yordamni ko‘rsatgach, u shahardagi shifoxonalardan biriga olib ketilgan.  

Shundan keyin UZB627 reysi belgilangan manzilga parvozini davom ettirgan.

Mavzuga oid