10:40 / 22.10.2019
0
11786
Jizzaxda ov qurolidan foydalangan holda odam hayotiga suiqasd qilindi
Foto: Unsplash

Jizzax viloyatida ov quroli qo‘llangan holda odam hayotiga suiqasd qilish jinoyati sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

Qayd etilishicha, 2019 yil 20 oktabr kuni soat 00:00larda Jizzax viloyati, Sh.Rashidov tumani, Toqchilik mahallasida fuqaro Z.I. (1979 y.t.) fuqaro Yo.B. (1999 y.t.) va uning qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashib, MS-2112 rusumli ov quroli bilan ularga qarata 6 marotaba o‘q uzib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan. 

Mazkur holat yuzasidan 2019 yil 21 oktabr kuni Sh.Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan Z.I.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Z.I. protsessual tartibda ushlangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top