18:19 / 23.10.2019
0
11387
Erdo‘g‘an Jonsonga Suriya chegarasida uchrashishni taklif qildi
Foto: PA

Turkiya prezidenti Rajab Tayyip Erdo‘g‘an Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga Istanbul yoki Turkiyaning Suriya bilan chegaradosh shaharlaridan uchrashishni taklif qilganini aytdi.

"Ikki kun avval menga Boris Jonson qo‘ng‘iroq qilib, Merkel va Makron bilan to‘rtalamiz Londonda uchrashishimizni taklif qildi. Unga Istanbulda yoki chegaraga yaqin bo‘lgan Shonliurfa yo Gaziantepda uchrashganimiz ma'qul deb javob berdim", - dedi Erdo‘g‘an. Bu haqda Haberturk telekanali xabar bermoqda.

Turkiya yetakchisining so‘zlariga ko‘ra, agarda hamkasblari Turkiyaga kelishni istashmasa, bunday uchrashuv 3-4 dekabr kunlari Londonda bo‘lib o‘tadigan NATOga a'zo mamlakatlar sammiti doirasida o‘tkazilishi mumkin. 

Avvalroq Fransiya prezidenti Emmanyuel Makron Fransiya, Germaniya, Buyuk Britaniya va Turkiya rahbarlari Londonda uchrashishi mumkinligini aytgandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top