17:32 / 28.10.2019
0
3747
Iroq shaharlarida talabalarning ommaviy namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda
Foto: REUTERS

Talabalar zudlik bilan islohotlar o‘tkazilishini va bitiruvchilarga ishga joylashish imkoniyati yaratilishini talab qilmoqda.

Iroqning Bag‘dod va boshqa qator janubiy shaharlarida talabalarning ommaviy namoyishlari bo‘lib o‘tmoqda. Bu haqda Al Hadas telekanali xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, Basra, An-Najaf, Amar, Ad-Devoniya, Maysan shaharlarida yoshlar orasidagi yuqori darajadagi ishsizlik va yomon turmush sharoitlariga qarshi namoyishlarga ko‘plab talabalar chiqqan.  

Bag‘doddagi ish tashlashlarga maktab o‘quvchilari va talabalar qo‘shilgan. Ular zudlik bilan islohotlar o‘tkazilishini va bitiruvchilarga ishga joylashish imkoniyati yaratilishini talab qilmoqda.

Iroq inson huquqlari bo‘yicha oliy komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan juma kunidan buyon Bag‘dod va boshqa viloyatlardagi namoyishlar davomida 74 kishi halok bo‘lgan, 3,6 mingga yaqin kishi turli darajada jarohat olgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top