Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qamchiq dovonida bir kunda ikkita yo‘l-transport hodisasi yuz berdi
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
2 noyabr kuni soat 03:30larda “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi navbatchilik qismiga Qamchiq dovonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan, 1980 yilda tug‘ilgan N.O. boshqaruvidagi “Kobalt” rusumli avtomashina A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 204,1 kmida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handakka (kyuvetga) tushib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi. Buning oqibatida mashina salonidagi 3 nafar yo‘lovchi turli darajadagi tan jarohati olgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligida ma'lum qilindi.
Mazkur vaziyat bo‘yicha “Qamchiq” maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvchilari voqea joyiga tezkorlik bilan yetib borishgan. Jarohatlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan hamda Angren markaziy shifoxonasiga yetkazilgan.
Shu kunning o‘zida, ya'ni tongi soat 04:51 larda Qamchiq dovonidan “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlangan, 1999 yilda tug‘ilgan N.M. boshqaruvida bo‘lgan “Jiguli” rusumli avtomashina A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 222 kmida boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi handakka (kyuvetga) tushib ketgan.
Voqea joyiga tezkorlik bilan “Beshqo‘l” navbatchilik maskanidan qutqaruvchilar chiqib, jarohatlangan yo‘lovchiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishgan hamda Angren markaziy shifoxonasiga yetkazishgan.
Mavzuga oid
23:31 / 16.01.2026
Checheniston rahbari Ramzon Qodirovning o‘g‘li Adam og‘ir «avariya»ga uchragani aytildi
10:48 / 15.01.2026
Yunusobod tumanida uchta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
21:52 / 14.01.2026
5 yil davomida YTHlar kamayish dinamikasi saqlanib qoldi – YHXX
12:40 / 14.01.2026