18:06 / 06.11.2019
3
13014
Kun.uz yoritganidan so‘ng – Oliy sud «Arabboy» MChJga yerni qaytarib berdi

Oliy Sud 3 yildan ortiq vaqt mobaynida sudma-sud yurgan firma duch kelgan muammoga qonuniy yechim topib, chek qo‘ydi. Shu bilan Oliy sud Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati prokuraturaning noto‘g‘ri kiritgan protesti oqibatida vujudga kelgan anglashilmovchilikka barham berdi. 

Eslatib o‘tamiz, Shu yilning 12 avgustida Kun.uz saytida «Arabboy»ga berilgan yer to‘g‘ri olib qo‘yilganmi – so‘ng so‘zni Oliy sud aytadi» nomli maqola e'lon qilingan edi.

Unda «Arabboy» MChJ Yunusobod tuman, Markaz-6, 9-maktab qarshisidagi garajlar joylashgan 0,7 gektar yer maydoni 2014 yil 4 avgust kuni Toshkent shahar hokimining №651-son qarori bilan ko‘p qavatli turarjoy va ko‘p qavatli avtoturargoh qurish uchun firma tasarrufiga berilgani, biroq o‘ziga bog‘liq bo‘lmagan sabablar oqibatida yer davlat zaxirasiga qaytarib olingani, qonuniylikni ta'minlashi lozim bo‘lgan ayrim mansabdorlar tomonidan noto‘g‘ri protest kiritilgani ortidan tadbirkor manfaatiga ziyon yetgani ta'kidlangan edi. 

Nihoyat, 2019 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi Ma'muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay'ati sudya Sh.Ahatova raisligida mazkur ishni nazorat tartibida ko‘rib chiqib, mazkur ish yuzasidan so‘ngso‘zni aytdi. 

Biz mazkur qaror yuzasidan «Arabboy» MChJ yuristi Rustamali Olimbekovdan izoh oldik. 

Mavzu
Kun.uz surishtiruvi
Kun.uz xalq murojaatlari asosida joylarda bo‘lib, muammolarni o‘rganmoqda va xolisona yoritmoqda.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top