Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Oliy sud elektr ta’minotidagi muammolar sababli interaktiv xizmatlarini vaqtincha to‘xtatdi
Toshkentning markazida joylashgan O‘zbekiston Oliy sudi binosida elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda.
Foto: Kun.uz
Idora matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Toshkent shahar Abdulla Qodiriy ko‘chasida joylashgan Oliy sud binosida elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Oliy sudning barcha interaktiv xizmatlari faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan.

«Yuzaga kelgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda elektr ta’minoti to‘liq tiklangach, axborot tizimlari to‘liq ishga tushirilishi ma’lum qilinadi”, deyiladi Oliy sud xabarida.
Oliy sudning tegishli portalida o‘ndan ortiq interaktiv xizmatlardan foydalanish, shuningdek sud rahbariyati qabuliga yozilish imkoni mavjud.
Shu kunlardan ob-havoning yuqori darajada ko‘tarilishi ortidan ijtimoiy tarmoqlarda poytaxt Toshkentning ko‘plab hududlarda elektr energiyasida tez-tez uzilishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
UPD: Ma’lum qilinishicha, bir necha soatdan so‘ng Oliy sud binosida elektr ta’minoti tiklanib, uning axborot tizimlari va interaktiv xizmatlari faoliyati bosqichma-bosqich ishga tushirilmoqda.
Mavzuga oid
11:57
Toshkentda taksichilardan pul undirgan guruh qo‘lga olindi
10:22 / 06.01.2026
Toshkent aeroporti elektr ta’minotida qisqa muddatli uzilish kuzatildi
14:34 / 05.01.2026
50 ga yaqin funksiya va vakolat mahalliy ijro organlariga o‘tkaziladi
20:49 / 02.01.2026