13:43 / 19.11.2019
3988
«ERIELL Group»: «O‘zbekneftgaz» bilan hamkorlikda ko‘p hajmdagi kislota bilan ishlov berishdan foydalanishni davom ettirmoqda

«ERIELL Group» kompaniyasi «O‘zbekneftegaz» AJ obektlarida uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish maqsadida koltyubing qurilmasidan foydalangan holda ko‘p hajmdagi kislota bilan ishlov berishdan (KHKBIB) faol foydalanishda davom etmoqda.

Masalan, «Kultak» konining 60, 35, 31 va 29 va 29-sonli quduqlarida, shuningdek, «Dengizko‘l» konining 205-sonli quduqlarida ushbu usuldan foydalanish natijasida ularning kunlik qazib olish darajasi mos ravishda kuniga 81 dan 121 ming (qo‘shimcha o‘sish sutkasiga 40 ming m³), 67,6 dan 110 ming m³ (sutkasiga 43 ming m³), 48 dan 58 ming m³ (sutkasiga 10 ming m³), 70 dan 82 ming m³ (sutkasiga 12 ming m³) va 72 dan 120 ming m³ (sutkasiga 48 ming m³) ga oshirildi.

Faqatgina ushbu quduqlarda ko‘p hajmli ishlov berilgan kislotadan foydalanish natijasida kuz-qish davrida aholining ehtiyojlari uchun tabiiy gaz qazib olish hajmining sutkasiga 153 ming m³ ga o‘sishi ta'minlandi.

O‘zbekistonda uglevodorod xomashyosini qazib olishni ko‘paytirish bo‘yicha ishlar davom etmoqda.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Top