Öqituvçi va murabbiylar kuni —eng sevimli kasb bayramlaridan biridir. Öqituvçilar nafaqat fan örgatuvçi, balki könikma va kasbiy bilimlar olamiga yöl boşlovçi insonlardir. Ulardan tajriba, an’analar va novatorlik meros bölib qolişi har bir ta’lim muassasasi, jumladan, ERIELL prof education korporativ öquv markazi asosini taşkil qiladi. 

 Tez orada ERIELL prof education yubiley sana - markaz taşkil topganining 10 yilligini nişonlaydi. Mazkur ixtisoslaştirilgan markaz öziga xosdir. U kompaniya guruhining barça xodimlari uçun öquv maşğulotlari va işlab çiqariş amaliyotini taşkil etiş, sanoat xavfsizligi va mehnat muhofazasi sohasida xalqaro standartlarni joriy qiliş va ularga rioya etiş, xodimlar malakasini oşiriş va ularni qayta tayyorlaş masalalariga rejali va tizimli yondaşiş maqsadida oçilgan. 

Öquv markazining öqituvçilar tarkibi öz işining fidoyilari, neft va gaz sanoatida katta kasbiy tajribaga ega bölgan, minglab mutaxassislarning ustoziga aylangan tajribali öqituvçilardan iborat.   

Kasb bayrami arafasida markazning Qarşi şahridagi hududiy filiali öqituvçilarini tabriklaş marosimi bölib ötdi. ERIELL Group vakillari tomonidan sovğalar, tabriklar va yoqimli syurprizlarni topşiriş maqsadida bayram tadbiri taşkil etildi. 

«Öquv markazimiz yaxşi va ezgu an’analardan çetga çiqmaydi. Zero, ustoz va murabbiylar kuni – şunday muhim va maşaqqatli kasbni tanlagan barçaga minnatdorçilik bildiriş uçun ajoyib imkoniyatdir. Barça ustoz va murabbiylarimizga mustahkam soğlik, farovonlik, tinçlik, köngil xotirjamligi, tabassum, yaxşi kayfiyat tilab qolamiz. Va albatta, har bir öqituvçiga ERIELL Group ravnaqiga qöşgan hissasi uçun minnatdorçilik izhor qilamiz», – dedi vakillik rahbari örinbosari Alim Azizoviç Yunusov öz tabrik sözida. 

Bugungi kunda markazda neft va gaz sanoatining 23 yönalişi va 17 kasb böyiça maşğulotlar olib borilmoqda. Bu yerda kompaniyalar guruhi mutaxassislari, jumladan, uşbu sanoat hududida işlaşga özlarini bağişlaşga qaror qilgan mahalliy aholi öqitiladi.