Yangi yil baxtli lahzalar pardasini ochadi. ERIELL guruhi ko‘p yillar davomida, ko‘proq mehr va g‘amxo‘rlikka muhtoj bolalarning bayram arafasida kunlarini rang-barang qilish va yorqin his-tuyg‘ular baxsh etishga yordam berib keladi.

Har yilgi yoqimli an’anaga muvofiq, kompaniyalar guruhi xodimlari tomonidan bir qator xayriya tadbirlari o‘tkaziladi. Ulardan birinchisi Qarshi shahrida Qashqadaryo viloyatining ichki ishlar boshqarmasi ko‘magida bo‘lib o‘tdi. Bu yerda ko‘rish bo‘yicha imkoniyati cheklangan 350 nafar bolalarni bayram kayfiyati, yoqimli syurprizlar va sovg‘alar kutardi.

ERIELL, xususan, Eriell Oilfield Services Middle East DMCS kompaniyasi kasaba uyushmasining sa’y-harakati tufayli bolajonlar kunni quvnoq o‘tkazishdi. Animatorlar va sho‘x boshlovchilar ularning vaqtini chog‘ qildi. Bunda bayram albatta ziyofatsiz o‘tmadi: bolalar uchun konsert dasturi, tabriklar va iliq tilaklar bilan bayram dasturxoni yozildi.

Yangi yil syurprizlarning navbatdagi manzili «HUMO Arena» ko‘p tarmoqli majmua bo‘ldi. Bu yerga poytaxtdagi 22-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari taklif qilindi. ERIELL Group va «HUMO Arena» xodimlari tomonidan 130 nafar bolalarga haqiqiy bayram uyushtirildi.

Bolalar butun majmua bo‘ylab sayohat qilishib, ularga «HUMO Arena» yaratilish tarixi va unda tashkil etilgan muhim tadbirlar haqida ma’lumot berildi.

Ekskursiyadan so‘ng bolalarga sovg‘alar tarqatildi, keyin esa hamma birgalikda uchish maydoniga yo‘l oldilar. Bu yerda xursandchilik yangi kuch bilan davom etdi. Turli yoshdagi bolalarning quvonchi, jo‘shqin kayfiyati, baxtli kulgilari muz saroyini yoritganday bo‘ldi va tashrif buyuruvchilarga ijobiy ruh baxsh etdi.















