3 dekabr - Xalqaro nogironlar kuni sanasi ERIELL Group kompaniyasiga muhtojlarga ko‘mak ko‘rsatish uchun yana bir sababga aylandi. Bu gal xayrli ishlarning manzili Toshkent shahridagi «Mehribonlik» nogironlarga ijtimoiy ko‘maklashish jamiyati bo‘ldi.   

Foto: ERIELL

Jamiyatning 75 nafar tarbiyalanuvchisi aksiyaning asosiy qahramonlari bo‘lib, ularga oziq-ovqat to‘plamlari topshirildi. Bu haqiqatda zarur bo‘lganlarga yetarli darajada e’tibor qaratish imkoniyati mavjud bo‘lgan muloqot vaqtiga aylandi.

Foto: ERIELL

ERIELL Group vakillarini nafaqat uchrashuv mehmonlarining tarixi, balki ular duch kelgan qiyinchiliklar ham qiziqtirdi. Muloqot doirasida ularni nima bilan qo‘llab-quvvatlash mumkinligi, jamiyatning kelgusida rivojlanishi uchun umuman olganda qanday yordam muhimligi to‘g‘risida so‘z yuritildi.

Foto: ERIELL
Foto: ERIELL

«Jamiyatning har bir a’zosi – o‘ziga xos xususiyati, iste’dodi, muammo va qiyinchiliklariga ega bo‘lgan tengi yo‘q shaxsdir. Biz har bir insonga e’tibor qaratishga, qo‘llab-quvvatlashga, og‘ir vaziyatlarda yordam qo‘lini cho‘zishga harakat qilamiz. Bunday masalalarda ERIELL Group bizning e’tibordan chetda qoldirmaydigan do‘stlarimizga aylanishga ulgurdi, buning uchun biz ulardan minnatdormiz», – deydi «Mehribonlik» nogironlarga ijtimoiy ko‘maklashish jamiyati direktori Gul’takin Mamedova.  

Foto: ERIELL
Foto: ERIELL

3 dekabr har yili Xalqaro nogironlar kuni sifatida nishonlanadi. Bu sana Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 1992 yilda e’lon qilingan.