20:00 / 25.11.2019
0
5465
YeXHT Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi: «Biz O‘zbekistondagi saylov jarayoniga aralashmaymiz»
Foto: Tashqi ishlar vazirligi

Bugun, 25 noyabr kuni Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik tashkiloti Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan saylovlarni kuzatish bo‘yicha maxsus missiyasini ochdi.

Tadbirda berilgan ma'lumotlarga ko‘ra, 11 mutaxassisdan iborat guruhga asli italiyalik bo‘lgan Tana de Zuleta xonim rahbarlik qilmoqda. Yana 30 kishilik guruh vakillari 3 dekabrda yetib keladi.

Demokratik institutlar va inson huquqlari byurosi YeXHTga a'zo davlatlardan 250 nafar qisqa muddatli kuzatuvchi yuborishni so‘rab murojaat etishi ma'lum qilindi.

«Yuqorida aytganimday biz faqat kuzatuvchi maqomidamiz, saylovlar jarayoniga ham, qonun buzilish holatlariga ham aralashmaymiz. Bunday holatlarda chora ko‘rish to‘liq O‘zbekiston Respublikasining turli organlari vakolatiga kiradi. Biz o‘z kuzatishlarimiz asosida xulosalar tayyorlaymiz va saylovlar yakuniga ko‘ra ularni e'lon qilamiz», dedi Tana de Zuleta saylovlar jarayonida yaqqol qonun buzilish holatlariga duch kelinsa, Yevropadan kelgan kuzatuvchilar qanday yo‘l tutishi haqidagi savolga javoban.

Mavzu
Saylov-2019
2019 yilning 22 dekabrida O‘zbekiston parlamenti uchun saylovlar o‘tkaziladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top