Bu yil Yevropada xavfsizlik va hamkorlik taşkilotiga raislik qilayotgan Malta, Rossiyaning e’tirozlariga qaramay, Ukrainaga yordamni kengaytiriş tarafdori. Bu haqda 25 yanvar, payşanba kuni Venada Malta taşqi işlar vaziri Ien Borg YeXHTga a’zo 57 davlat, jumladan, Rossiya vakillariga ma’lum qildi.

Rossiya 2022 yilda Ukrainaga hujum qilişi ortidan YeXHTning Ukrainadagi loyihalarini kengaytirişga tösqinlik qilişga urindi, biroq taşkilotning boşqa a’zolari, jumladan, Germaniya YeXHTning Ukrainadagi faoliyatini çeklovsiz davom ettirişini ta’minladi. Boşqa narsalar qatori, YeXHT Ukrainaga minalardan tozalaş, odam savdosiga qarşi kuraş va adliya institutlarini mustahkamlaşda yordam bermoqda.

Kiyevga taşrif

Borg kelasi hafta YeXHT raisi sifatida Kiyevga taşrif buyurişini aytdi. U yerda, öz sözi bilan aytganda, kelgusi hamkorlik imkoniyatlarini muhokama qiladi va Ukrainani qöllab-quvvatlaşini bildiradi.

Şu bilan birga, YeXHT doirasida Borg Moskvaning hamkorlikka tayyorligiga bevosita boğlangan. Yaqinda Rossiya taşkilot boş kotibi Helga Şmid bilan şartnoma muddatini köp yilga uzaytiriş va YeXHT budjetini qabul qilişni blokladi.

Ien Borg Şmidning vakolat muddati tugaydigan sentabr oyining boşigaça, özi aytganidek, YeXHTning bardavomligini ta’minlaş uçun ikkala masalani hal etiş niyatida ekanini bildirdi.