«Dunyo» xabariga köra, rasmiy marosim YeXHTning Venadagi kotibiyatida bölib ötdi. Marosim doirasida bölib ötgan suhbat çoğida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar mamlakatda amalga oşirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va demokratik islohotlarni qöllab-quvvatlaşga qaratilgan har yili amalga oşirilayotgan loyihalar doirasida YeXHTning Özbekistondagi loyihalari koordinatori bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantiriş masalalariga ham e’tibor qaratdilar.
Şimoliy Amerika, Yevropa va Osiyodan 57 davlat a’zo bölgan YeXHT dunyodagi eng yirik mintaqaviy xavfsizlik taşkiloti hisoblanadi. Taşkilot tamoyillari mintaqada mojarolar paydo bölişining oldini oliş, inqirozli vaziyatlarni hal qiliş, mojarolar oqibatlarini bartaraf etişga qaratilgan. YeXHT öz institutlari, ekspert bölinmalari va dala operatsiyalari tarmoği orqali qurol nazorati, terrorizm, yaxşi boşqaruv, energiya xavfsizligi, odam savdosi, demokratlaştiriş, ommaviy axborot vositalari erkinligi va milliy ozçiliklarni öz içiga olgan umumiy xavfsizlikka ta’sir qiluvçi qator muammolarni hal qiladi.
Özbekiston 1992 yildan beri YeXHT a’zosi hisoblanadi.
21 noyabr kuni elçi Baxtiyor Ibragimov Avstriya prezidenti Aleksandr Van der Bellenga işonç yorliqlarini topşirdi.
Şuningdek, elçi ştab-kvartirasi Vena şahrida joylaşgan Yadro sinovlarini keng qamrovli taqiqlaş töğrisidagi şartnoma taşkilotidagi Özbekistonning doimiy vakili sifatida ham rasman akkreditatsiyadan ötgan edi.

















