Ta'lim öqituvçi va öquvçilarning hamkorlikdagi faoliyati bölib, şu jarayonda şaxsning taraqqiyoti, uning ma'lumoti va tarbiyasi ham amalga oşadi. Darslarda öqituvçi öz bilimi, könikma va malakalarini maşğulotlar vositasida öquvçilarga yetkazadi, öquvçilar esa uni özlaştirib borişi natijasida undan foydalaniş qobiliyatiga ega böladi. Örganiş jarayonida öquvçilar özlaştirişning turli körinişlaridan foydalanişadi, ya'ni özlaştirilayotgan ma'lumotlarni qabul qiliş, qayta işlaş hamda amaliyotga tatbiq etişda öziga xos tafovutlarga tayanadi. Ta'lim jarayonida öqituvçi va öquvçilarlarning dars paytidagi hamkorligi, öquvçilarning mustaqil işlaşi, sinfdan taşqari işlar şaklida ta'lim va tarbiya masalalari hal etiladi.

Ta'limning maqsadi jamiyat ehtiyojiga mos ravişda şakllanadi. Şunday ekan, ta'lim-tarbiya maqsadi mos va mutanosib bölişi kerak. Ilmiy adabiyotlarda ta'limning maqsadi imkoniyatlaridan töğri, aniq, örinli foydalaniş könikma va malakalarini hosil qiliş, mantiqiy-ijodiy tafakkurni rivojlantiriş, kommunikativ savodxonlikni oşiriş, milliy ğoyani singdiriş, şarqona tarbiyani şakllantiriş, şaxsni ma'naviy boyitişdan iboratligi ta'kidlangan. Ta'limiy maqsad asosida öquvçilarda mustaqil fikrlaş, oğzaki va yozma savodxonlikni oşiriş, mantiqiy tafakkurni rivojlantiriş orqali ularning muloqot madaniyati takomillaştiriladi. Tarbiyaviy maqsad asosida esa ma'naviy, ğoyaviy, nafosat tarbiyasi beriladi. Til örganiş jarayonida xalqning madaniy-axloqiy qadriyatlariga yaqinlaştiriş imkoni paydo böladi.   

Uluğ donişmandlardan biri «... kelajak taşvişi bilan yaşasang, farzandlaringga yaxşi bilim ber, öqit», degan ekan. Yurtimizda ta'lim-tarbiya tizimida amalga oşirilayotgan islohotlar haqiqiy ma'noda bir-ikki yillik yoki qisqa davrda samaraga erişişga qaratilgan iş emas, balki çin ma'noda bir neça yuz yillarga tatiydigan özgariş böldi, desak xato bölmaydi. Bu prezidentimizning kelajagimiz, kelajak avlodimiz haqida qayğurib, yurtimizning barça farzandlari – mening farzandlarim, ular bizlardan köra kuçli, bilimli va albatta baxtli bölişlari kerak, degan ğoyasi zamirida donişmandlarça siyosat yotganini körsatadi. 

Ma'lumki, ta'limda ilğor pedagogik va yangi axborotlar texnologiyalarini tatbiq etiş öquv maşğulotlarining samaradorligini oşiribgina qolmay, ilm-fan yutuqlarini amaliyotda qöllaş orqali mustaqil va mantiqiy fikrlaydigan, har tomonlama barkamol yuksak ma'naviyatli şaxsni tarbiyalaşda muhim ahamiyat kasb etadi.

Hozirgi kunda ta'lim jarayonida interfaol metodlar va axborot texnologiyalarini öquv jarayonida qöllaşga bölgan qiziqiş kundan-kunga ortib bormoqda. Bunday bölişining sabablaridan biri, şu vaqtgaça an'anaviy ta'limda öquvçilar faqat tayyor bilimlarni egallaşga örgatilgan bölsa, zamonaviy texnologiyalardan foydalaniş esa ularni egallayotgan bilimlarini özlari qidirib topiş, mustaqil örganiş va fikrlaş, tahlil qiliş, hatto yakuniy xulosalarni ham özlari keltirib çiqarişga örgatadi. Öqituvçi bu jarayonda şaxs rivojlanişi, şakllanişi, bilim olişi va tarbiyalanişiga şaroit yaratadi va şu bilan bir qatorda boşqaruvçilik, yönaltiruvçilik funksiyasini bajaradi. Bugungi kunda ta'limda