22:52 / 11.12.2019
0
5839

Gattuzo «Napoli» bosh murabbiyi bo‘ldi

«Napoli» klubi Jyennaro Gattuzo bosh murabbiy qilib tayinlanganini e'lon qildi.

41 yoshli mutaxassis bu lavozimda Karlo Anchelotti o‘rnini egalladi.

Avvalroq, Gattuzo neapolliklar bilan 1,5 yillik shartnomani imzolashi va mavsum oxiriga qadar 1,5 mln yevro maosh olishi, shuningdek, agar Chempionlar Ligasi yo‘llanmasi qo‘lga kiritilsa, bitim yana 1 mavsumga uzaytirilishi, maoshi esa 3 mln yevro qilib belgilanishi haqida xabarlar tarqalgan edi. 

A Seriyaning bu mavsumida «Napoli» 21 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.

Gattuzo murabbiylik faoliyatida «Milan», «Palermo», «Piza», OFI va «Son» klublarini boshqargan.  

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top