02:47 / 05.05.2023
20600

«Napoli» - 33 yillik tanaffusdan so‘ng A Seriya chempioni

Foto: GettyImages

Italiya chempionatida 33-tur bahslari yakunlandi.

«Napoli» (80) mehmonda «Udineze» (43, 12-o‘rin) bilan durang o‘ynab, muddatidan avval turnir g‘olibiga aylandi. 2-o‘rindagi «Latsio» (64) qolgan 5ta turda g‘alaba qozonsa ham, peshqadamga yeta olmaydi. 

Shu tariqa neapolliklar 33 yillik tanaffusdan so‘ng A Seriya chempionligini qo‘lga kiritdi. Bu — uchinchi skudetto. Klub bungacha 1987 va 1990 yillarda Diyego Maradona yetakchiligida zafar quchgan.

E’tiborlisi, «Napoli»ning 64 yoshli ustozi Luchano Spaletti faoliyatida ilk bor Italiya chempioniga aylandi.

A Seriya. 33-tur
Udineze — Napoli 1:1

4 may, «Dachiya Arena»
Gollar: Lovrich (13) — Osimhen (52).
Udineze – Silvestri, Exizibue (Ebosele, 82), Rodrigo Bekao, Peres, Biyol, Udoji (Zegelar, 74), Pereyra, Uolas, Lovrich (Arslan, 78), Samarjich (Toven, 82), Nestorovski.
Napoli – Meret, Di Lorenso, Rrahmani, Kim Min Chje, Olivera, Lobotka, Zambo-Angissa, Ndombele (Zelinski, 64), Elmaz, Kvaratsxeliya (Losano, 86), Osimhen.
Ogohlantirish: Exizibue (17).

Top