17:23 / 17.12.2019
4
51965

Dunyoning eng ovloq go‘shalari: u yerlarda ham odam yashaydi

Katta shaharlar aholisi yashash va harakatlanish qulayliklariga allaqachon o‘rganib bo‘ldi. Biz samolyotlarda uchib, yuqori qavatlarga lift orqali chiqamiz, xonadonlarimizga gaz, elektr va issiq suv bilan ta'minlangan. Ba'zi insonlar o‘z hayotini shu qulayliklarsiz tasavvur qila olmasligi ajablanarli emas. Ammo ayni vaqtda sayyoramizda sivilizatsiya yaratgan imkoniyatlardan yiroqda bo‘lgan, borish qiyin va deyarli yo‘l ko‘rinmaydigan o‘lkalarda istiqomat qilayotgan odamlar ham bor.

Masalan, Hind okeanidagi Sokotra orolida yashaydigan o‘n minglab kishilar jamoat transporti haqida tasavvurga ham ega emas, chunki ularda faqat ikkita yo‘l bor. 

Sokotra oroli, Hind okeani

Peruning tog‘li La Rinconada shahrida 30 ming kishi istiqomat qiladi. Ularning uylari shundoqqina muzlik ustida joylashgan va kanalizatsiya ham yo‘q. Mahalliy aholi shaxtalarda simob qazib olish bilan shug‘ullanadi. 

La Rinconada shaharchasi, Peru

Tibet mintaqasida joylashgan Medog okrugi aholisi taxminan 10 ming kishini tashkil qiladi. 2013 yilgacha bu yerdagi yo‘llar juda yomon edi. Odamlar o‘z uylariga yetib olish uchun 100 metr balandlikdagi davomiyligi 200 metr bo‘lgan ko‘prikdan o‘tishlari kerak bo‘lgan. Xitoyning bu olis burchagida doimiy ravishda zilzilalar kuzatiladi, shuning uchun bu yerda qurilgan magistral yo‘l yaroqsiz holga kelib qolaveradi. 

Medog okrugi, Tibet

Norvegiyaning 2000 kishi istiqomat qiladigan Longyir aholi punkti qutb doirasining ichkarisida joylashgan. Punkt o‘z hududidagi Jahon urug‘ zaxirasi sababli mashhur bo‘lib, butun sayyoramizning o‘simliklari urug‘lari ehtimoliy falokat yuz bergan taqdirda tiklash uchun saqlanadi. 

Longyir, Norvegiya

Taxminan 5000 kishi istiqomat qiladigan Pasxa oroliga yetib borish uchun ham juda ko‘p vaqt talab etiladi — u quruqlikdan eng uzoq orollardan biri hisoblanadi. Tinch okeanidagi ushbu kichik yer maydoni o‘zining noyob tosh shakllari bilan tanilgan. 

Pasxa oroli

Avstraliyada Layamanu degan mitti hudud bor, unda atigi 700 kishi istiqomat qiladi. Odamlar elektr energiyasini generatordan olishadi. Haftada bir marta oziq-ovqat olib kelinadigan bittagina do‘kon bor. 

Layamanu, Avstraliya

Alyaska kengliklaridagi Kake ham shu jumladan. Baliq ovlashga ixtisoslashgan bu qishloqchaga faqat havo yoki suv orqali borish mumkin. U yerda 650 nafarga yaqin kishi yashaydi, ular o‘z hayotlarini mahalliy tabiatning go‘zalligisiz tasavvur qila olishmaydi.

Alyaskadagi baliqchilar qishlog‘i

Faqatgina qayiq yoki vertolyot bilan boriladigan o‘lkalardan biri Sibirda — Baxta.  Bu yerda yashaydigan 300dan ortiq kishi ichimlik suvi, telefon va tez tibbiy yordam punkti bilan ta'minlanmagan. Ularning asosiy faoliyat turi — ov qilish, baliq ovlash, yoki iste'molga yaroqli o‘simliklar terish. 

Baxta, Sibir

Atlantika okeanining janubidagi Tristan-da-Kunya arxipelagi dunyodagi eng chekka joylardan biri hisoblanadi. Bu yerdagi odamlar 270 kishilik bitta katta oilada birga yashashadi. Ular faqat bitta yo‘l va generatordan olinadigan elektr energiyasiga ega.

Tristan-da-Kunya arxipelagi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top