AQSh ma’muriyati Alyaskadagi gaz qazib olish loyihalarida Rossiyaning atom muzyorar kemalaridan foydalanish ehtimolini muhokama qildi, deb xabar berdi Reuters o‘z manbalariga tayanib.

Agentlikning yozishicha, mazkur mavzudagi muhokamalar Oq uy amaldorlari orasida Donald Tramp va Vladimir Putin muzokaralarining natijasida erishilishi mumkin bo‘lgan ehtimoliy kelishuv doirasida bo‘lib o‘tgan.

Sammit arafasida The Daily Telegraph nashri AQSh Rossiyaga Alyaskada konlarni birgalikda qazishni taklif qilishni ko‘zlayotgani haqida yozgandi.

15 avgust kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin AQSh prezidenti Donald Tramp bilan muzokaralar o‘tkazish uchun Alyaska shtatiga keldi.