16:30 / 23.12.2019
0
52048

Toshkentdagi saylov uchastkalaridan birida saylov qutisi sindirib tashlandi

22 dekabr kuni Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi 314-saylov uchastkasiga ovoz berish uchun kelgan shaxs saylov qutisining oynavand qobig‘ini tosh bilan urib sindirgan. Bu haqda Kun.uz’ga saylov uchastkasi raisi G‘anisher Qodirov ma'lum qildi.

Saylov qutisiga zarar yetkazgan shaxs huquq-tartibot idoralari tomonidan olib ketilgan,  surishtiruv davomida uning ruhiy nosog‘lom ekani, muqaddam Afg‘on urushida qatnashib, kontuziya olgani aniqlangan.

14-Paxta saylov okrugi mutasaddilarining ta'kidlashicha, saylov qutisining oynasi sindirilgani bo‘yicha belgilangan tartibda dalolatnoma tuzilib, qutining singan qismiga mazkur hujjat yopishtirib qo‘yilgan va ovoz berish jarayoni davom ettirilgan. 

14-Paxta saylov okrugi raisi Dildora Yakubovaning aytishicha, ro‘y bergan hodisaga oid barcha hujjat va ma'lumotlar prokuratura organlariga taqdim etilgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top