07:38 / 09.01.2020
1
40515
Maykl Pens: «Eron AQSh manzillariga zarba bermaslik bo‘yicha signal yuborgan»
Foto: REUTERS/Jonathan Ernst

AQSh vitse-prezidenti Maykl Pens Eron o‘ziga ittifoqdosh kuchlarga AQShga tegishli manzillarga zarba bermaslik bo‘yicha xabar yuborganini aytdi. Bu haqda Pens CBS`ga bergan intervyusida gapirgan.

«Biz Eron o‘zining ittifoqdosh kuchlariga AQSh manzillari va fuqarolariga zarba bermaslik bo‘yicha signal yuborgani haqida razvedga ma'lumotlarini oldik. Umid qilamiz, bunday yaxshi xabarlar chiqishda davom etadi»,— degan Pens. Ammo AQSh vitse-prezidenti gap aynan qaysi kuchlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmagan.

Kecha, 8 yanvar kuni AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqda sodir bo‘layotgan voqealar yuzasidan bayonot berar ekan Eron va uning fuqarolari buyuk kelajakka munosibligini aytdi. Tramp Eronga tinchlik borasida kelishishni taklif qilib, Xitoy, Rossiya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Germaniyaning AQSh kabi Eron bilan yadro kelishuvidan chiqib yangi kelishuv tuzishi kerakligini yechim sifatida ko‘rsatgandi.

Mavzu
Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi
Eron tashqi siyosati bunyodkori, Yaqin Sharq bo‘yicha bosh strategi, Eron Islom inqilobi muhofazasi korpusi tarkibidagi «Kuds» maxsus bo‘linmasi qo‘mondoni Qosim Sulaymoniy Bag‘doddagi aeroportda AQSh prezidenti Donald Tramp farmoyishiga binoan o‘ldirildi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top