13:52 / 18.01.2020
0
16176
O‘zbekistonda qozog‘istonlik bemorlar uchun mo‘ljallangan 8 mln tengelik insulin musodara qilindi - Qozog‘iston OAV
Foto: Vlast.kz

O‘zbekistonda Qozog‘iston insulinining tarqalishi holatlari davom etmoqda. Chimkent prokuraturasi xabar berishicha, qo‘shni mamlakatda qariyb 8 million tengelik 90 dona shprits-ruchka va preparatlar musodara qilingan. Bu haqda Astana TV ma'lumot berdi.

Chimkentlik prokurorlarning ma'lumotlariga ko‘ra, qo‘shni mamlakatda qariyb 8 million tengelik (21,2 ming dollar) 90 dona shprits-ruchka va preparatlar musodara etilgan.

Ushbu dorilarni diabetga chalingan qozog‘istonlik fuqarolar bepul olishi kerak bo‘lgani aytiladi. Ammo ular qandaydir yo‘l bilan Toshkentdagi dorixonalarda paydo bo‘lgan. Chimkent, Turkiston, Qizilo‘rda va Jambil viloyatlari tibbiy tashkilotlari o‘zlashtirish hamda noqonuniy sotishda gumonlanmoqda.

Musodara qilingan tibbiy buyumlar dastlab aynan shu yerlarga yetkazilgan. Mutaxassislar buni insulin pompalaridagi seriyalarni sinchkovlik bilan o‘rgangandan so‘ng aniqladilar. Shuningdek, tergov davomida ma'lum bo‘lishicha, Qozog‘istondan boshqa dorilar ham qo‘shni respublikaga sotilgan. Bunday kontrabandaga chimkentlik hamshira ham aloqador bo‘lgan.

Ushbu ish bo‘yicha tergov bir yildan beri davom etmoqda. Hozirda u bilan Qozog‘iston iqtisodiy tergov departamenti xodimlari bilan shug‘ullanmoqda. O‘zbekistonda qozoq insulinining «sizib chiqishi» haqida bir yil oldin ma'lum bo‘ldi. Respublika dorixonalarida qozoq tilidagi markirovkaga ega shprits-ruchkalar ulgurji narxdan past narxda berilgan. Undan biroz oldin esa Qozog‘istonning ba'zi hududlaridagi bemorlar ushbu dori ta'minotida uzilishlar mavjudligi haqida shikoyat qilishgan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top