Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda bepul tarqatilishi lozim bo‘lgan insulin Toshkentga qayerdan olib kirilgani aniqlandi
Foto: Dietdoctor.com
O‘zbekistondagi dorixonalarda Qozog‘istonda bepul tarqatiluvchi insulin qanday qilib paydo bo‘lgani aniqlandi. Uni Chimkentdan olib kirishgan, deb yozmoqda Inbusiness.kz.
Chimkentdagi bir nechta manzilda noqonuniy ravishda saqlab kelingan, «bepul» muhri bo‘lgan 10 mingga yaqin qadoqdagi dori vositalari topildi. Insulin bepul tibbiy xizmatning kafolatlangan hajmi doirasida bemorlarga mo‘ljallangan bo‘lgan va qonun bo‘yicha ular faqat tibbiy muassasalarda saqlanishi kerak.
Eslatib o‘tamiz, shu yil boshida ushbu dori vositasi Toshkentdagi dorixonalarda ulgurji narxlaridan arzonroq narxda va qozoq tilidagi markirovkada paydo bo‘lgandi. Qozog‘iston Sog‘liqni saqlash vazirligi darhol surishtiruv jarayonini boshladi. Hozirgi vaqtda sudgacha tergov ishlari olib borilmoqda
Mavzuga oid
18:34 / 04.09.2025
Qozog‘iston tog‘larida o‘zbekistonlik sayyoh daraga qulab, halok bo‘ldi
07:55 / 23.04.2025
Qozog‘istonda Chimkent hokimi o‘rinbosarining hayotiga suiqasd qilindi
08:40 / 29.03.2025
Malayziya O‘zbekistonda halol insulin ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘ymoqchi
21:10 / 28.09.2024