09:41 / 22.01.2020
3148
«ERIELL Group»: Quduqlarni jihozlash sur'atini oshirish davom ettirilmoqda
Foto: ERIELL Group

«ERIELL Group» kompaniyasi Qashqadaryo viloyatida «O‘zbekneftegaz» AJning 2017-2021 yillarga mo‘ljallangan uglevodorod xom-ashyosini qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar Davlat dasturiga muvofiq «Alan» va «Zevardi» konlarida qo‘shimcha quduqlarni jihozlash ishlarini yakunladi.

Muborak neft va gaz qazib olish boshqarmasi tomonidan 5 oydan qisqaroq muddat ichida «Alan» konida haqiqiy chuqurligi 2797 metr bo‘lgan №205 raqamli quduqni tayyorlash ishlari yakunlandi.

Uzunligi 550 metr, diametri 108×8 mm bo‘lgan gazoprovod-shleyf qurib bitkazildi. «Zangori olov»ning sutkalik hajmi 60 ming kubometrni tashkil qilmoqda.

Davlat dasturini amalga oshirishning navbatdagi bosqichi 2020 yilning 20 yanvarida «Zevardi» konidagi №308 raqamli quduqning ishga tushirilishi bilan yodda qoldi. 2760 metr chuqurlikdan olingan gaz debiti sutkasiga 100 ming kubometrni tashkil qildi.

Har ikki quduq qurilishida vertikal burg‘ulash uslubi qo‘llanildi.

«ERIELL Group» kompaniyasi Matbuot xizmati

Top