23:18 / 22.01.2020
0
27458

«Titanik» kemasidan noyob qurilmani olish rejalashtirilmoqda 

RMS Titanic Inc. kompaniyasi 1912 yilda aysberg bilan to‘qnashuvdan keyin cho‘kib ketgan mashhur «Titanik» kemasidan telegraf uzatgichini olish uchun ruxsat so‘rab AQShning Sharqiy Virjiniyadagi sudiga murojaat qildi. Bu haqda The Washington Post nashri xabar berdi.

Kompaniya vakillarining ta'kidlashicha, ular qurilmani tiklay olishadi. Buning uchun dengiz tubida bir asrdan ko‘proq vaqtdan beri yotgan kemaga maxsus robot jo‘natiladi. Kema 1912 yil 15 aprelda cho‘ka boshlaganda aynan shu telegraf uzatgichidan boshqa kemalarga yordam signali – «SOS» jo‘natilgan.

Biroq uzatkich joylashgan kema rubkasi holati tobora yomonlashib bormoqda. “Titanik” bo‘yicha mutaxassis Parks Stivensonning ta'kidlashicha, agar tezroq harakat qilinmasa, “dunyodagi eng mashhur radio batamom qo‘ldan chiqariladi”.

Mavzuga oid
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top