10:00 / 25.01.2020
7091
«ERIELL Group»: Yangi quduqni burg‘ulash ishlari yakunlandi
Foto: ERIELL Group

Bu hafta «ERIELL Group» kompaniyasi uchun yana bir yaxshi natija bilan yodda qoladigan bo‘ldi – 2020 yilning 22 yanvarida kompaniya Buxoro viloyatidagi «Savatli» konida №6 raqamli quduqni burg‘ulash ishlarini yakunladi. Olingan gazning sutkalik debiti 315 ming m³ ni tashkil qildi va quduq tarmoqning kirish blogiga ulandi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning 6 noyabrida seysmorazvedka ishlari natijalariga ko‘ra «ERIELL Group» kompaniyasi mutaxassislari loyihaviy chuqurligi 2052 metr bo‘lgan №6 raqamli quduqni burg‘ulashga kirishgandilar. Bu loyiha tasdiqlangan ish rejasiga ko‘ra ikki yarim oy davomida yakunlandi va quduq foydalanishga topshirildi.

Kompaniya «2017-2021 yillar uchun mo‘ljallangan uglevodorod xom-ashyosini qazib olish hajmini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi»ga asosan jadal faoliyatni davom ettiradi.

ERIELL Group kompaniyasi Matbuot xizmati

Top