19:14 / 27.01.2020
0
10516

«Chorsu» mehmonxonasiga xorijliklar ham qiziqish bilan qaramoqda – Muhiddin Xo‘jayev

Bugun, 27 yanvar kuni Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazida soha faoliyatiga bag‘ishlangan press-tur o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahridagi sobiq «Chorsu» mehmonxonasi o‘tgan yilning oktabr oyida onlayn auksionga qo‘yilgan bo‘lsa-da, nega sotilmagani to‘g‘risida izoh berildi, deb xabar bermoqda Kun.uz muxbiri.

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot kotibi Mo‘minjon Ibodovning so‘zlariga ko‘ra, mehmonxonaning bir marta onlayn-auksionga qo‘yilib, so‘ngra yana qaytarib olinishi xaridorlar uchun savdo shartlarining osonlashtirilishi bilan bog‘liq.

Ma'lum qilinishicha, mehmonxonani auksionga qo‘yish vakolati Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Toshkent shahar boshqarmasiga tegishli. Boshqarma bir muddat mehmonxonani auksiondan olib turgan.

«Biroq 17 fevral kuni mehmonxona qaytadan onlayn auksionga chiqariladi», – dedi Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazi direktori Muhiddin Xo‘jayev.

Muhiddin Xo‘jayev

Uning aytishicha, mehmonxonaga qiziqish katta. Chet ellik investorlar ham onlayn-auksionda qatnashish istagini bildirishyapti.

Ma'lumot uchun, auksion shartlariga asosan, sarmoyador 2 yil mobaynida hukumat kafolatlarisiz kamida 25,0 mln AQSh dollarga teng ekvivalentda investitsiya kiritish, uch yulduzli mehmonxona xizmatini tashkil etish va 150ta yangi ish o‘rni yaratish majburiyatini oladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top