Boşlangan quriliş bu yerda ançadan beri işlab kelayotgan dökondorlarda e’tiroz uyğotyapti. Oq soyabonga öxşaş konstruksiya içida allaqaçon boşqa savdogarlar joylaşib, savdosini boşlagan.

“Bunaqangi soyabonlar köpayib, butun bir qatorni egallab oladi-ku, şunday bölsa, bizning dökonlar tösib qöyiladi”, – deydi öşa yerda kitob sotiş bilan şuğullanuvçi mahalliy tadbirkor.

“Bu qurilişni qilayotganlar kitob sohasiga yaqin tijoratçilar emasligi körinib turibdi. Buning ustiga quriliş noqonuniy, çunki heç qayerdan ruxsat olinmagan. Yonğin xavfsizligi boşqarmasiga murojaat qildik, ular bu qurilişga ruxsat bermagan. Kadastr agentligiga ham murojaat qilganmiz, ular ham bu qurilişning heç qanday hujjatsiz ekanini tasdiqlaşdi.

Buzilişi uçun vaqt berişdi. Buzişga berilgan muhlat tugab böldi, buzilişidan esa darak yöq. Vaholanki, agar hozir oldimga qurut sotadigan “budka”ni qöysam, bir kunga qolmay hamma taşkilotlardan odamlar kelib, bu işim noqonuniy ekanini isbotlab berib, özimni jarimaga tortib, yana bu qurilmamni özimning hisobimdan buzdiradi, şunday bölişiga aminman. Qonun nima sababdandir şular (soyabonni qurganlar)ga işlamay qolişi ğalati”, – deydi tadbirkor Jamoliddin Muhammadjon.

“Yangi “budka” qurib, yangi iş örinlarini yaratiş mumkindir, lekin eski iş örinlari nima böladi? Bu narsa paydo bölgani uçun 7 yildan beri işlayotgan iş örinlari qisqartirilişi kerakmi? Soliq tölab turgan taşkilotlar yopilişi kerakmi?

Agar bu quriliş amalga oşsa, biz xuddi ombordek bölib qolamiz. Bu yerga aholi ötmaydi, savdo ham qila olmaymiz, axir bir xil narsa sotamiz”, – deb ta’kidlaydi boşqa bir mahalliy tadbirkor.

“Zebiniso” kitob dökonida işlayman, şu vaqtgaça xalqimizga kitob ulaşib kelyapmiz. Kitob savdosi bilan şuğullanamiz. Dökonimiz yonida şu hamkasblar bilan birga “yaşil hudud” barpo qildik. Lekin oldimizda noqonuniy obekt qurişmoqçi, buning oqibatida bizning dökonlar tösilib qoladi, iş faoliyatimizga öz ta’sirini körsatadi. Şuning uçun biz bu narsaga juda qarşimiz”, – deydi kitob sotuvçilaridan biri.