Qayd etilişiça, u «Eski jöva dehqon bozori» AJ («Çorsu») direktori örinbosari bozor hududidan savdo joyini ajratib berişi uçun 300 AQŞ dollari berişini talab qilayotganini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy çora körişni söragan.
Mazkur arizaga asosan, şu kuni Toşkent şahar IIBB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş bölimi tomonidan tomonidan tezkor tadbir ötkazilgan.
Tadbir davomida, «Eski jöva dehqon bozori» AJ direktorining xavfsizlik böyiça örinbosari şu bozorda quruq meva paviloni sotuvçisi orqali ariza muallifidan 300 AQŞ dollarini olgan vaqtida aşyoviy dalillar bilan uşlangan.
Holat yuzasidan 2022 yil 8 mart kuni Toşkent şahar IIBB Tergov boşqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

















