Hukumat bir oy muddatda poytaxtdagi Çorsu va Eski juva dehqon bozorlari hududini tartibga keltiriş va turistik jozibadorligini oşirişga qaratilgan qaror qabul qilişi lozim.

Hukumat hujjatida bozor hududidagi tartibsiz qurilmalar örniga loyiha asosida zamonaviy savdo rastalarini joylaştiriş, davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida köp qavatli avtoturargoh taşkil etiş hamda piyodalar yölaklarini quriş va irrigatsiya tarmoqlarini yangilaş kabilar e’tiborga olinadi.

Şuningdek, bozor hududidagi böş turgan bino-inşootlar milliy arxitektura işlanmalarini aks ettirgan loyihalar asosida rekonstruksiya qilinadi va qöşimça yangi savdo rastalari quriladi.

Toşkent şahar hokimligi Davlat aktivlarini boşqariş agentligi damda Madaniyat va turizm vazirligi bilan birgalikda 2024 yil yakuniga qadar davlat-xususiy şeriklik şartlari asosida Özbekiston davlat sirki binosini ham rekonstruksiya qiladi.

«Turizm halqasi»ni taşkil etiş xarajatlari uçun respublika budjetidan Toşkent şahar mahalliy budjetiga 3 yil muddatga 100 milliard söm miqdorida budjet ssudasi ajratilmoqda.