16:04 / 28.01.2020
4
16399
AzonTV «Alining sarguzashtlari» multfilmining 1-qismini namoyish etdi

Texnika zamoni. Hammayoq gadjetlar bilan to‘la. Virtual olam har tarafdan real dunyoni zabt etmoqda. Zamonamiz farzandi jajji Ali ham – ixtirochi, ixtirolar bo‘yicha tanlovlar g‘olibi. Ko‘plar unga havas qiladi.

Ammo, har qanday zamonda bo‘lmasin, maqsadi insonlarni yo‘ldan urish bo‘lgan shayton Alining nuqsonli taraflaridan foydalanib, unga zarar yetkazmoqchi. Va u niyatini amalga oshirish uchun Aliga aynan virtual dunyodan hamla qiladi...

Multfilm shiddat bilan o‘zgarib borayotgan dunyoda qimmati o‘zgarmas qadriyatlarni saqlab qolish, o‘zgaruvchan voqelikda bo‘lsa-da, oila totuvligi va sog‘lom insonlararo munosabatlarni mustahkamlash mavzusiga bag‘ishlangan.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top