Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mubashshir Ahmad: AzonTV keng ommaning diniy ehtiyojlarini qondirishni maqsad qilgan

Internet sayt va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilariga yaxshi ma'lum, shu yilning 10 fevral kuni O‘zbekistonda AzonTV onlayn telekanali o‘z faoliyatini boshladi. Bu haqda saytimizning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali ham xabar bergan edik.
Mazkur telekanal O‘zbekistonda onlayn tarzda faoliyat olib boruvchi ilk ilmiy-ma'rifiy telekanal hisoblanadi. Xo‘sh, batafsil aytganda AzonTV qanday telekanal bo‘ladi, tomoshabinlar undan qanday dasturlarni kutishga haqli?
Kun.uz o‘z o‘quvchilaridan kelayotgan shu va boshqa savollarga javob olish maqsadida telekanal muassisi Mubashshir Ahmad va direktori Temur A'zam bilan suhbat uyushtirdi. Unda AzonTV rahbarlari telekanal faoliyati yuzasidan berilgan savollarga javob berdi.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube
Jumladan, Mubashshir Ahmad domlaga ko‘ra, onlayn telekanal ahli sunna val jamoa e'tiqodi asosida Islom dinini xalq orasida keng targ‘ib qilish, musulmonlarning savollariga Imom Abu Hanifa mazhablari bo‘yicha javob berishni maqsad qilgan. Shuningdek, onlayn telekanal Sovet davridagi taqiqlar tufayli yuzaga kelgan katta diniy bo‘shliq o‘rnini to‘ldirish, umuman olganda, xalqimiz uchun foydali va manfaatli telekanalga aylanishni maqsad qilgan.
Suhbatdoshlarimiz shuningdek, kelgusida efir setkasidan joy oladigan dasturlar, AzonTV kimlardan andoza olgani, uning moliyaviy ta'minotchilari, internetda bo‘layotgan cheklovlar, shuningdek, tv efirlariga chiqish yoki onlayn tarzda faoliyatni davom ettirish, telekanal faoliyatiga O‘zbekiston musulmonlar diniy idorasidan bo‘lgan munosabat haqida ham qiziqarli fikrlarni bildirishdi.
Suhbatni to‘liq shaklda yuqoridagi videolar orqali tomosha qilishingiz mumkin.
Ma'lumot uchun, AzonTV onlayn telekanalini endi mediabay.uz orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.
Tavsiya etamiz
Urushga tayyor Jo‘laniy, taksidagi Pizishkiyon – hafta dayjesti
Jahon | 12:00 / 20.07.2025
Lyov yoki Kapadze. Milliy jamoa boshqaruvida o‘zgarish qilish kerakmi?
Sport | 11:30 / 20.07.2025
Odamlar eng tez va sekin qariydigan mamlakatlar aniqlandi
Jahon | 21:57 / 17.07.2025
Jinoyat olamida bunaqasi kam uchraydi: yashirin ustaxona va g‘oyib bo‘lgan 276 ta mashina
Jamiyat | 13:40 / 16.07.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Zelenskiy Rossiya bilan yangi muzokaralar sanasini aytdi
Jahon | 00:39
-
Olmazorda vodorod peroksidining tarqalishi, OTM qabul kvotalarining tasdiqlanishi, Toshkentdagi ko‘chatxonalar – mahalliy dayjest
O‘zbekiston | 23:55 / 21.07.2025
-
Prezident energiya ta’minoti uzluksizligini ta’minlash bo‘yicha topshiriqlar berdi
O‘zbekiston | 23:35 / 21.07.2025
-
20 dan ortiq davlat Isroildan G‘azodagi urushni to‘xtatishni va insonparvarlik yordamini ko‘paytirishni talab qildi.
Jahon | 23:30 / 21.07.2025