08:34 / 30.01.2020
4
25321
Xitoyning epidemik xavf mavjud bo‘lgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba borligi ma'lum qilindi
Foto: KUN.UZ

O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining Yoshlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi mutasaddilaridan ayni kunlarda Xitoyda bo‘lib turgan o‘zbekistonlik yoshlar ahvoli haqida ma'lumotlar oldi. Bu haqda Senat axborot xizmati xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, hozirda Xitoyning koronavirus tarqalgan murakkab epidemik vaziyat hukm surayotgan hududida 72 nafar o‘zbekistonlik talaba mavjud bo‘lib, ular bilan O‘zbekistonning Xitoydagi elchixonasi, Bosh konsulxonasi xizmati xodimlari hamda universitet ma'murlari tomonidan doimiy muloqot olib borilmoqda.

«O‘zbekistonlik talabalarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq hech qanday shikoyatlar mavjud emas. Vaziyat to‘liq nazoratga olingan», deyiladi Senat xabarida.

Bundan avvalroq Tashqi ishlar vazirligi virus o‘chog‘i bo‘lmish Uxanda qolib ketgan o‘zbekistonlik talabalar soni 30 nafardan ortiqligi, ularni olib ketish to‘g‘risidagi murojaatga Xitoy hukumati rad javobi berganini ma'lum qilgandi.

28 yanvar kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligida mamlakatga Xitoyda tarqalgan yangi turdagi koronavirus kirib kelishining oldini olish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazilgan.

So‘nggi ma'lumotlarga ko‘ra, virusni yuqtirib olish oqibatida halok bo‘lganlar soni 170 nafarga yetdi, virusdan kasallanganlar soni 7771 nafarni tashkil etmoqda.

Mavzu
Xitoy koronavirusi
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top