14:20 / 01.02.2020
11961
«Asaka» banki Samarqandda press-tur o‘tkazdi

Aksionerlik tijorat «Asaka» banki 30 yanvar kuni Samarqand shahrida press-tur o‘tkazdi. Unda ko‘plab OAV vakillari, internet saytlar, televideniye va radiokanallar muxbirlari qatnashdi.

«Asaka» banki o‘tkazgan press-tur tong saharda Toshkent xalqaro aeroportidan boshlandi. Ishtirokchilar samolyotda Samarqandga yetib kelishdi. Ko‘hna shaharda ularga samarqandlik OAV vakillari ham qo‘shilishdi. Press-tur ishtirokchilari uchun ilk manzil gilam ishlab chiqarish bo‘yicha mamlakatda yetakchi hisoblangan SAG (Sam Antep Gilam) korxonasi bo‘ldi. Yiliga 14 million AQSh dollari miqdorida mahsulot eksport qiladigan mamlakatdagi yirik korxonalardan bo‘lgan SAG aynan «Asaka» bankining mijozi hisoblanadi. Ming nafardan ko‘proq o‘zbekistonliklarni ish bilan ta'minlagan SAGning yillik mahsulot hajmi 240 milliard so‘mni tashkil qiladi. 2000 yildan buyon faoliyat yuritayotgan va bugun «Asaka» bankining ishonchli mijozlaridan biriga aylangan SAG gilamlari Germaniya, Fransiya, Shveytsariya, Italiya, Belgiya, Niderlandiya kabi rivojlangan davlatlarda sotilmoqda.

SAG qoshidagi yana bir korxona «Tuft and Grass» ham «Asaka» banki bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan. «Tuft and Grass» «Asaka» bankining 1,9 million yevro miqdoridagi mablag‘lari evaziga faoliyatini rivojlantirgan. 2017 yilda faoliyatini boshlagan bu korxona 15 turdan ortiq sun'iy chim va kovrolin ishlab chiqaradi. Korxona mahsulotlari ichki bozorda sotish bilan birga Angliya, Belgiya, Gveytsariya, Germaniya, Turkiya kabi rivojlangan mamlakatlarga eksport qilinadi. 335 nafar ishchi mehnat qiladigan «Tuft and Grass» yiliga 26 milliard so‘mlik mahsuot ishlab chiqaradi.

Samarqanddagi yana bir mashhur korxona «Samarkand Euro Asia Textile» MChJ ham «Asaka» bankining ishonchli hamkorlaridan biri. Bu korxona «Asaka» bankining 39,7 milliard so‘mlik mablag‘lari evaziga biznesini yo‘lga qo‘ygan.

Samarqanddagi «Tong» MChJ haqida ham shaharliklar yaxshi bilishadi. Ayniqsa silliq muqovali nashrlarni sifatli chop etishi bilan tanilgan «Tong» MChJ «Asaka» bankining uzoq yillik mijozi bo‘lib bankning 1 million 824 ming yevro mablag‘i evaziga faoliyatini rivojlantirgan. Bu korxonaning mahsulotlari Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistonga eksport qilinadi.

«Asaka» banki tomonidan bunday press-turlarni respublikaning boshqa hududlariga ham tashkillashtirish rejalashtirilmoqda.

«Asaka» bank – Sizning biznes faoliyatingizdagi ishonchli hamkoringiz!

Call-markaz: 1152

Veb-sayt: www.asakabank.uz

Telegram: t.me/bank_asaka

Facebook: fb.com/bankasaka

Instagram: @asaka_bank

Reklama huquqi asosida

 
Top