«Asaka» aksiyadorlik-tijorat banki Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankining 50 million dollar miqdoridagi mablağlarini jalb qiliş böyiça strategik ahamiyatga ega bölgan bitimni imzoladi. Uşbu mablağlar mahalliy valutada körsatiladi.
Yiğilgan mablağlar iqtisodiy inqiroz paytida zarar körgan mikro va kiçik biznesni qöllab-quvvatlaşga sarflanadi va pandemiyaning Özbekiston iqtisodiyotining muhim tarmoqlariga salbiy ta'sirini kamaytirişga yönaltiriladi. Uşbu kredit liniyasi bank mijozlariga, şu jumladan eksportyor korxonalarga aylanma mablağlarni töldirişga taqdim etiladi.

«YeTTB bir neça yillardan buyon Asaka banki bilan köplab sohalarda hamkorlik qilib kelmoqda. Asosiy e'tibor iqtisodiyotning ustuvor yönalişlarini moliyalaştirişga moliyalaştirişga qaratilgan. «Asaka» bank 2019 yil sentabr oyida YeTTBning savdoga kömaklaşiş dasturiga a'zo bölgan edi va qisqa vaqt içida u 2019 yil natijalariga köra «Özbekistondagi eng faol emitent bank» mukofotiga sazovor böldi. Uşbu bitim samarali hamkorlikning davomi bölib, YeTBB uçun Özbekistondagi muhim ahamiyatga ega kelişuvlardan biri böldi. Biz şunday qiyin davrda tadbirkorlarni qöllab-quvvatlaş va pandemiyaning mamlakat korxonalari faoliyatiga salbiy ta'sirini yumşatişda öz hissamizni qöşa olişimizdan mamnunmiz» – dedi YeTBBning moliya institutlari va Markaziy Osiyo böyiça rahbari Şamsiyev Jahongir.

Bank boşqaruvçi direktor, Taşqi iqtisodiy faoliyat departamenti boşliği, A.Mirziyayev: «Bugun imzolangan bitim Özbekiston Respublikasi Prezidentining 5996-sonli «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi va tadbirkorlik sub'yektlarini qöllab-quvvatlaş böyiça navbatdagi çora-tadbirlar töğrisida»gi farmonida belgilangan vazifalar doirasida amalga oşirildi. Yevropa tiklaniş va taraqqiyot bankidan jalb qilingan mablağlar «Asaka» bank tomonidan taqdim etilayotgan kredit mahsulotlarining yanada qulayligini oşiradi. Bilamizki, pandemiya davrida mikro va kiçik biznes yönalişi iqtisodiyotning eng zaif sohalaridan biriga aylandi, şu sababli, bugun jalb qilingan mablağlar aynan şu sohalarni moliyalaştirişga yönaltiriladi. Natijada mahalliy biznesni yanada faol qöllab-quvvatlaş, eksportni kengaytiriş va xalqaro bozorlarga çiqiş imkoni yaratiladi».
YeTTB va «Asaka» banki örtasidagi hamkorlik köplab yönalişlarni öz içiga qamrab oladi va kredit resurslarini jalb qiliş bilan çeklanmaydi. Tomonlar, şuningdek, zamonaviy bank amaliyotini tatbiq etiş va savdoni moliyalaştiriş vositalaridan, şu jumladan eksport va importdan keyingi savdo operatsiyalaridan foydalanişda hamkorlik qilib kelmoqdalar. Bundan taşqari, YeTTB «Asaka» bankining privatizatsiya jarayoniga tayyorgarlik köriş ustida ham iş olib bormoqda.

















