Jamiyat | 19:07 / 27.10.2020
6755
2 daqiqa o‘qiladi

«Asaka» bank: «Toshkent metallurgiya zavodi» bankning yirik moliyaviy loyihasi

«Toshkent metallurgiya zavodi» – «Asaka» bankning moliyaviy ishtirokidagi sindikatlashtirilgan yirik loyiha.

«Toshkent metallurgiya zavodi»ning qurilishi 2017 yildan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 7 apreldagi «Toshkent metallurgiya zavodi qurilishi investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan boshlangan edi.

TMZ O‘zbekiston Respublikasi uchun yirik strategik ahamiyatga egadir. Zavodning ishga tushirilishi metallurgiya mahsulotlari importini kamaytirishga va mamlakatimiz sanoat salohiyatini sezilarli darajada oshishiga xizmat qiladi. 

Loyiha yo‘lga qo‘yilishi nafaqat sanoat balki, qurilish sektori, avtomobilsozlik, maishiy texnika va boshqalar kabi tegishli tarmoqlarning rivojlanishiga xam turtki bo‘ladi.

Loyiha umumiy qiymati: 326,697 mln yevro. Shulardan:

  • Loyiha tashabbuskorining o‘z mablag‘lari: 147 mln yevro;
  • «Rossiya Yeksimbanki» kredit mablag‘lari: 164,562 mln yevro;
  • «Asaka» bank tomonidan qayta moliyalashtirilgan mablag‘lar: 97,416 mln yevroni tashkil etadi. 

Ishlab chiqarish quvvati yiliga 500 000 tonna eko-mahsulotni tashkil etadi.

Korxona ishga tushish natijasida 672 ta doimiy ish o‘rni yaratiladi.

Ishlab chiqariladigan mahsulotlarning 20% Eron, Turkiya, Afg‘oniston, Ozarbayjon, Armaniston, Belorus, Gruziya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina, Latviya, Litva va Estoniya kabi davlatlarga eksport qilinishi rejalashtirilgan.

Loyiha 2020 yilning dekabr oyida ishga tushishi ko‘zda tutilgan.

«Asaka» bank Matbuot xizmati

Mavzuga oid