BIM texnologiyasi haqida eşitganmisiz? BIM (Building Information Model) – binoning informatsion modeli bölib, bugungi kun talabiga javob beruvçi texnologiya. Ya'ni quriliş obektining 3D formatdagi modeli. Uning öziga xosligi şundaki, yaxlit tarzda işlab çiqilgan quriliş obektining har qanday parametrlarini özgartiriş u bilan boğliq barça narsa: çizmalar, vizualizatsiya, spetsifikatsiyalaş va hattoki, taqvim jadvali avtomatik ravişda özgarişiga olib keladi. Bu esa quriliş sifatini oşiradi.

Tez orada «Asaka» bankining Boş binosi Toshkent şahrining qoq markazidan joy egallaydi. Boş ofis uçun Toshkent City xalqaro işbilarmonlik markazi hududida qurilayotgan yangi inşoot esa şunday texnologiya yordamida barpo etilmoqda. 26 qavatli, köp funksiyali biznes markazini bunyod etiş Şanxayning SCG (Shanghai Construction Group) quriliş korporatsiyasiga işonib topşirilgan.

Korporatsiyaning Özbekistondagi vakili Pan Şynszyan şunday deydi:

- Binoni loyihalaş çoğida muhandislar «Asaka» bank va umuman Özbekistonning rivojlaniş tarixini sinçkovlik bilan örgandi. Töplangan ma'lumotlar asosida eng yorqin elementlar, madaniy öziga xoslik obekt dizaynida aks etib, birinçi qavat dahlizida öz ifodasini topadi. Inşootning yana bir ajralib turuvçi jihati esa yuqori qismi olmos körinişidagi tom bilan qoplanişidir. Unda «Asaka» bank logotipi  aks etadi.

 

Ta'kidlaş joizki, SCG jahondagi yirik korporatsiyalaridan biri bölib, yillik aylanmasi 30 milliard dollarni taşkil etadi. Dunyoning 40 ta davlatidagi 160 ta obekt aynan SCG quruvçilari tomonidan bunyod etilgan.

«Asaka» bankning osmonöpar binosi 9 ballik zilzilaga bardoşli bölişi uçun nafaqat armatura, balki öta mustahkam panellar, metall konstruksiyalar bilan ham qoplanmoqda.

Aytgança, bu yil «Asaka» bank özining 25 yilligini nişonlaydi. Yanada muhim yangiliklar hali oldinda. Çorak asr biz bilan birga bölganingiz uçun minnatdormiz!

«Asaka» bank – moliyaviy bozorda sizning işonçli hamkoringiz!

Call-markaz: 1152

Veb-sayt: www.asakabank.uz

Telegram: