10:30 / 02.02.2020
0
20920
Ichki ishlar vazirligi YHXBB boshlig‘iga yangi birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berishicha, endilikda polkovnik Jamshid Abduxakimovich Karimov Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimini egalladi.

Jamshid Karimov

U bu lavozimda Ravshan Azadbekovich Yunusmetov o‘rnini egalladi. Polkovnik Ravshan Yunusmetov Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Jamshid Karimov bunga qadar Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l-patrul xizmati brigadasi komandiri lavozimida faoliyat yuritayotgandi.

Bundan avvalroq polkovnik Ulug‘bek Musayev Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top