Içki işlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oşirildi.

IIV matbuot xizmati xabariga köra, Uluğbek Musayev uşbu tayinlovga qadar  Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi jazoni ijro etiş bölimi 17-son jazoni ijro etiş koloniyasi boşliği lavozimida faoliyat yuritayotgan.

Eslatib ötamiz, 26 yanvar kuni Qaşqadaryo viloyatining Çiroqçi tumani Langar qişloğida yaşovçi 32 yoşli erkak Yu.A 22 yanvar kuni yaşaş uyidan tuman IIB xodimlari tomonidan olib ketilgani, 23 yanvar kuni esa IIBdan uning murdasi çiqqani haqida xabarlar tarqalgandi. 

27 yanvar kuni viloyat prokuraturasi mazkur holat yuzasidan 23 yanvar kuni Çiroqçi tumani IIO FMB xodimlariga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi («Mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş») va boşqa moddalari bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harkatlari olib borilayotganini ma'lum qildi.

Mazkur voqea yuzasidan Qaşqadaryo viloyati IIB binosida OAV xodimlari uçun ötkazilgan brifingda Özbekiston içki işlar vaziri matbuot kotibi Şohrux Ğiyosov IIB binosida odam ölimi holati yangilik emasligini ta'kidlab ötdi va viloyat IIB boşliği örinbosari Samad Turdiyev bu voqeadan keyin öz xohişiga köra lavozimini tark etganini bildirdi.