10:10 / 02.02.2020
0
16708
Namangan viloyati «GAI»ga yangi boshliq tayinlandi

Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi.

Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi.

Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari-yo‘l harakati xavfsizligini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan polkovnik Ravshan Azadbekovich Yunusmetov Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga yangi boshliq etib tayinlandi.

Ravshan Yunusmetov

Podpolkovnik Ruslan Borisovich Zabirov Sirdaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Ruslan Zabirov

Ruslan Zabirov bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi, axborot-tahlil bo‘limi muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori lavozimida faoliyat yuritgan.

Shuningdek, Toshkent shahri Mirobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘ining tezkor ishlar bo‘yicha o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan podpolkovnik Muzaffar Maxamatgaziyevich Saydazimov Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.

Muzaffar Saydazimov

Bundan avvalroq polkovnik Ulug‘bek Musayev Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining probatsiya va jazoni ijro etish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlangani xabar qilingandi. 

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top