17:00 / 02.02.2020
1
15923

Pompeo Qozog‘istonni AQSh kompaniyalari bilan hamkorlik qilishga chaqirdi

AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Qozog‘istonda AQSh bilan hamkorlikning ustun jihatlari haqida gapirdi. U Qo‘shma Shtatlar Qozog‘istonning boshqa davlatlar bilan munosabatlarini qo‘llab-quvvatlashi, ammo Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik yaxshi natija keltirishini ta'kidladi.

Foto: @SecPompeo/Twitter

«Biz Qozog‘istonning qaysi davlatlar bilan hamkorlik qilish borasidagi tanlash erkinligini qo‘llab-quvvatlaymiz, ammo Amerika kompaniyalari bilan hamkorlik qilish har qanday davlat uchun eng yaxshi natijani beradi», dedi AQSh davlat kotibi Mayk Pompeo Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Muxtar Tleuberdi bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvdan keyingi matbuot anjumanida.

U Tyson Foods kompaniyasi bilan hamkorlik kelishuvini misol tariqasida keltirdi. 

«Bundan tashqari, Chevron va ExxonMobil kabi Amerikaning yirik kompaniyalari neft-gaz sohasi va kelajagingizga investitsiya kiritishda davom etadi. Ular Qozog‘iston fuqarolarini ishga oladi va mahsulotingizni eksport qilishda yordam beradi», - dedi Pompeo.

AQSh davlat kotibi 2 fevral kuni Toshkentga keladi. U 3 fevral kuni «C5+1» shaklidagi vazirlar uchrashuvida ishtirok etadi.

Tashrif davomida Mayk Pompeo prezident Shavkat Mirziyoyev qabulida ham bo‘ladi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top