13:23 / 04.02.2020
1
1365
MJTKga xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga oid huquqbuzarliklar kiritildi

Ushbu modda 2020 yil 22 yanvardagi O‘RQ-603-son Qonun bilan Kodeksga kiritildi, u uch oy o‘tganidan keyingina amal qilishni boshlaydi

Mansabdor shaxs tomonidan xususiy bandlik agentliklari to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzish BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
 
Norma’ning yozishicha, xususiy bandlik agentliklarining mansabdor shaxslari tomonidan quyidagilarga yo‘l qo‘yilganda BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha miqdorda jarima solinadi:

faoliyati haqidagi ma'lumotlarni Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiga taqdim etmaslik;

ma'lumotlarni buzib ko‘rsatish yoki ma'lumotlarni taqdim etish muddatlarini buzish.
 
Yuqorida aytib o‘tilgan huquqbuzarliklar ma'muriy jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda, jarima BHMning 25 baravaridan 30 baravarigacha miqdorni tashkil etadi.
 
Ma'lumot uchun: xususiy bandlik agentligi – ish qidirayotgan shaxslarga ish tanlash va ishga joylashish bo‘yicha, ish beruvchilar uchun kadrlar tanlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi, shuningdek ishga joylashtirish sohasida axborot va maslahat xizmatlari ko‘rsatuvchi tijorat tashkiloti. 
 
Tuzatishlar 24.04.2020 yildan kuchga kiradi.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top