11:07 / 12.02.2020
0
13215
1,4 ming kishilik kruiz laynerini koronavirus sababli birorta port qabul qilmayapti
Foto: Tim Rue/Bloomberg/Getty Images

MS Westerdam kruiz layneri undagi yo‘lovchilar koronavirusga chalingan bo‘lishi mumkinligi gumoni ostida Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlari tomonidan qabul qilinmayapti. Oxirgi hafta ichida unga turli davlatlarning 6 ta portida rad javobi berilgan.

Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.  

Bortida 1455 sayyoh va ekipajning 802 a'zosi bo‘lgan kemani dastlab Tayvan, so‘ngra Filippin, Yaponiya va Janubiy Koreya qabul qilishdan bosh tortgan. Guam orolida ham kemaga rad javobi berilgan. 

Shundan keyin Holland America Line kompaniyasiga tegishli kema ekipaji umidsizlikka tushib Tailand tomon yo‘nalgan. Ushbu davlat dastlab kemaga o‘z sohillari yaqinida to‘xtashga va undagi barcha kasallarni qabul qilishga rozi bo‘lgan. Kompaniya barcha mehmonlarga va ekipajga sabr-toqati uchun minnatdorlik bildirib, barcha sayyohlarga pullari qaytarilishini ma'lum qilgan bir pallada Tailand to‘satdan o‘z qarorini o‘zgartirib, rad javobi bergan. 

Ta'kidlanishicha, 11 fevralda Tailand sog‘liqni saqlash vaziri Anutin Charnvirakul barcha xatarlarni hisobga olib, “hukumatga kemaga Tailandda to‘xtashga ruxsat bermaslikka ko‘rsatma bergan”. Shu tariqa ekipaj kema egalari biror davlat bilan uning qabul qilinishi bo‘yicha kelisha olishiga umid qilgan holda okeanda “quvg‘undi” kabi izg‘ib yurishiga to‘g‘ri kelmoqda. 

Avvalroq Yaponiyaning Yokogama portida yana bir kruiz layneri - Diamond Princess yuqoridagi sababga ko‘ra karantinga qo‘yilgandi. Uning bortida hammasi bo‘lib 50 ga yaqin davlatdan 3700 ga yaqin odam bor bo‘lib, kema hozircha 19 fevralgacha karantinga qo‘yilgan. Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, kema bortida koronavirusga chalinganlar soni 175 nafarga yetgan. 

Mavzu
Koronavirus
2019 yilning dekabr oyi oxirida Xitoyning Uxan shahrida noma'lum virus tarqala boshladi. Bu virus havo orqali odamdan odamga yuqadi va o‘limga olib keladi.
Barchasi
Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top