15:22 / 20.02.2020
37
53626
O‘zbekistonda shifokorlarning o‘rtacha oylik ish haqi miqdori ochiqlandi

Xalqaro press-klubning 2020 yil Davlat dasturiga bag‘ishlangan navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. U ijtimoiy sohaga bag‘ishlandi.

Foto: Xalqaro press-klub

Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari Bahodir Yusupaliyev bugungi kunda shifokorlar qancha maosh olayotgani haqida ma'lumot berdi.

“Bugungi kunda shifokorlar o‘rtacha 2 yoki 2,5 million so‘m oylik olishmoqda. 2020 yil davlat budjetidan tibbiyot sohasiga 14 trillion 900 million so‘m ajratiladi”, - dedi u.

Shuningdek, Bahodir Yusupaliyev soha bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumotlar bilan o‘rtoqlashdi

“O‘zbekistonda ikki yil davomida 300 ta "buyrak ko‘chirib o‘tkazish" bo‘yicha jarrohlik amaliyoti amalga oshirildi.

Birinchi navbatda, biz chet eldan zamonaviy texnologiyalarni olib kelish, zamonaviy kasalxonalarni barpo etish to‘g‘risida o‘ylayapmiz. 

Lekin, qon-tomir kasalliklarining oldini olishga asosiy e'tiborni qaratib, vatandoshlarimizning bilimini oshirishimiz kerak.

Xususiy tibbiyotni rivojlantirishga kerakli choralar qabul qilinmoqda. Oxirgi 2.5 yilda 1600 dan ziyod xususiy tibbiyot muassasalari tashkil etildi”, - dedi sog‘liqni saqlash vazirining birinchi o‘rinbosari.

Ushbu xabarga fikringizni bildiring. Buning uchun avtorizatsiyadan oʻtishingiz kerak!
Top