Işning qisqaça tafsiloti
2022 yil 21 oktyabr kuni Buxoro viloyati Vobkent tuman tibbiyot birlaşmasi tuğuruqxona bölimiga 36,4 haftalik homiladorlik taşxisi bilan murojaat qilgan G.H.da, kesarça kesiş amaliyotini ötkaziş zaruriyati bölmasa-da, şifokor Şamsiddin Hamrayev jarrohlik amaliyotini ötkazgan. Şifokor tomonidan zarur intensiv antibakterial davo çoralari qilinmagani hamda dinamik kuzatuvlar lozim darajada olib borilmagani sababli bemor G.H. baçadon içi va butun baçadon yalliğlanişi oqibatida oğir tan jarohati olgan.
Holat yuzasidan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilgan va Şamsiddin Hamrayevga Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “b” bandi bilan ayblov e’lon qilingan.
Sudya Akrom Rahimovdan kör-körona va ğayriqonuniy hukm
Jinoyat işlari böyiça Vobkent tuman sudyasi Akrom Rahimov iş tafsilotlarini töliq örganib çiqmagan hamda ayblov asosli yoki asossiz qöyilganini tekşirib körmagan. U qilmiş qanday malakalanganiga huquqiy baho bermagan holda şifokorni tergov qaysi modda bilan ayblagan bölsa, şu modda bilan hukm öqib, Şamsiddin Hamrayevga 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum etiş jazosini tayinlagan. Hukm e’lon qilingaç, şifokor darhol sud zalidan qamoqqa olingan.
Uşbu hukm ğayriqonuniy ekanini asoslaşga urinib köramiz.
Birinçidan, Jinoyat kodeksining 50-moddasiga köra, ehtiyotsizlik oqibatida jinoyat sodir etganlik va qasddan unça oğir bölmagan jinoyat sodir etganlik uçun ozodlikdan mahrum etiş tariqasidagi jazo yoşga doir pensiyaga çiqiş huquqiga ega bölgan şaxslarga nisbatan tayinlanmaydi.
Hamrayev ayblangan Jinoyat kodeksining 116-moddasi törtinçi qismi “b” bandi ehtiyotsizlik oqibatida sodir etilgan qilmiş hisoblanadi. Demak, uşbu holatda şifokorning 77 yoşda ekani, 45 yillik mehnat stajiga ega bölgani unga nisbatan ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlab bölmasligini anglatadi.
Ikkinçidan, Jinoyat kodeksining 116-moddasi 4-qismi “b” bandi şaxsning öz kasbiga nisbatan beparvoligi yoki insofsizlik bilan munosabatda bölişi tufayli kasb yuzasidan öz vazifalarini bajarmagani yoki lozim darajada bajarmagani ehtiyotsizlik orqasida boşqaça oğir oqibatlarga sabab bölsa, 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
















